1 2 3 4 5 6

Barkamol avlod Vatanning baxti - bet 4

bet4/6
Sana04.06.2018
Hajmi411.58 Kb.
Men farzandlarimizga ko‘rsatila-

yotgan katta e’tibor va g‘amxo‘rlik,

mehr-muruvvat uchun barcha ota-

onalar nomidan Sizlarga o‘z minnat-

dorchiligimni bildirmoqchiman.

Farzandlarimiz va ularning porloq

kelajagi yo‘lida qilinayotgan barcha

ezgu ishlaringiz uchun tashakkur. Biz

bundan buyon ham jamg‘armangiz

tomonidan amalga oshirilayotgan

xayrli ishlarning davom etishiga,

farzandlarimizga doimo quvonch va

baxt ulashib borishingizdan umid-

vormiz.


Olga KUDRYASOVA,

  nafaqaxo‘r nogiron

Toshkent

 SKRINING  XIZMATINING

AHAMIYATI



20

Skrining (inglizcha — screen)

— elakdan o‘tkazish, tanlab olish

degan ma’nolarni bildiradi.

Hozirgi kunda ushbu kasal-

liklarni erta aniqlash maqsadida

mamlakatimizda o‘n bitta skrining

markazi faoliyat olib bormoqda,

barcha skrining markazlar zamo-

naviy asbob-uskunalar va kerakli

reagentlar bilan ta’minlangan.

Skrining markazi uch yo‘na-

lishda ish olib boradi:

1. Perenatal skrining —

xromosoma kasalliklari va  tug‘ma

rivojlanish nuqsonlari oldini olish-

ning eng asosiy usuli — homila

rivojlanishining ilk bosqichlarida

(14-20 hafta) erta tashxis qo‘yish.

Har bir homilador ayol o‘zi

yashab turgan hududdagi davo-

lash profilaktika maskaniga o‘z

vaqtida — 12 haftagacha murojaat

qilishi shart. Ginekolog ko‘rigida

skriningdan o‘tishi kerakligi tav-

siya etilsa, homilador ayol skri-

ning markazida tekshiruvdan

o‘tishi kerak bo‘ladi.

Skrining tekshiruvidan o‘tish-

ga ko‘rsatmalar:

— homilador  ayol 35 yoshdan

katta va 18 yoshdan kichik bo‘lsa;

— oldingi homiladorlikda bola

tushushi yoki o‘lik tug‘ilishi ku-

zatilganda;

— agar oilada tug‘ma nuqsoni

yoki xromosoma kasalligiga uchra-

gan farzandlar bo‘lsa;

— homilador ayolda endokrin

kasalliklar aniqlanganda;

— qarindoshlik nikohida bo‘l-

ganlar;


— kasbga bog‘liq zararli

omillar ta’siri aniqlangan bo‘lsa.

Agar homilador ayollarda

yuqorida sanab o‘tilgan holatlar

kuzatilmasa, homila rivojlanishi

yaxshi kechayotganligi aniqlansa,

unga ta’sir etuvchi omillar bo‘l-

masa, skrining tekshiruvlardan

o‘tish shart emas.

2. Ikkinchi yo‘nalish, bu —

neonatal skrining.

Irsiy kasalliklar ba’zan —

fenotipik namoyon bo‘lmaydi

yoki kasallikning klinik belgilari

yaqqol yuzaga chiqmaydi. Bunday

holatlarda ommaviy neonatal

skrining tekshirish usullari qo‘lla-

niladi.


Skrining tekshiruvlari —

yoppasiga, tanlamasdan uyushti-

riladi, kasallikning oldini olishga

qaratiladi, tashxis kamida ikki

bosqichda o‘tkaziladi. Oddiy, arzon,

tez natija beruvchi testlar yorda-

mida amalga oshiriladi. Ommaviy

tekshirishlar natijasida ma’lum

kasallik bor, degan gumon paydo

bo‘lsa, murakkab, aniq natija

beruvchi usullar yordamida

takroriy tekshiruv o‘tkaziladi.

Skrining dasturlarining asosiy

maqsadi chaqaloqlarda mavjud

irsiy kasalliklarni erta aniqlash va

davolashni tashkil etishdir.

Hozirgi davrda mamlakati-

mizda fenilketonuriya, tug‘ma

gipoterioz kasalliklari ommaviy

neonatal skriningdan o‘tkazil-

moqda.

Fenilketonuriya skrining tashxisi

uchun biologik material bola

tug‘ilganidan so‘ng, hayotining 4-

5 kunlari maxsus qog‘ozga 3

 SKRINING  XIZMATINING

AHAMIYATI

Irsiy kasalliklar somatik

kasalliklarga nisbatan juda og‘ir

kechadi — ularni samarali davo-

lash usullari hozirgi kungacha

topilmagan. Bu kasalliklarning irsiy

omillari — mutatsiyaga uchragan

genlar, xromosomalar, irsiyatga

moyillik avloddan-avlodga o‘tib,

populyatsiyaga uchrash tezligi

tobora ortib borishi ular pro-

filaktikasining naqadar muhim-

ligidan dalolat beradi. Shuning

uchun ham irsiy kasalliklar pro-

filaktikasi tibbiyot genetikasining

eng dolzarb, ustuvor yo‘nalish-

laridan biridir. Irsiy kasalliklar va

tug‘ma rivojlanish nuqsoni bilan

tug‘ilishning oldini olish chora-

laridan biri — bu, homiladorlarni

va chaqaloqlarni skrining tekshi-

ruvlaridan o‘tkazishdir.

“Sog‘lom avlod uchun” xalq-

aro xayriya jamg‘armasi tashab-

busi, O‘zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining 1998-

yil 1-apreldagi 140-sonli qarori,

Sog‘liqni saqlash vazirligining

1998-yil 7-iyuldagi 334/117-sonli

buyrug‘iga binoan bolalikdan

nogironlikka olib keluvchi kasal-

liklarni homilada va chaqaloqda

aniqlash maqsadida “Ona va bola

skriningi” davlat dasturi qabul

qilindi va Respublika “Ona va bola”

skrining markazi tashkil qilindi.



21

tomchi qon olinib, quritiladi va

skrining laboratoriyaga yuboriladi.

Skrining biokimyoviy labo-

ratoriyada qon tomchisida fe-

nilalanin miqdori immunofer-

ment usuli yordamida aniqlanadi.

Ijobiy natija olingan holda aniq-

lovchi biokimyoviy tashxis o‘tka-

ziladi. Diagnoz tasdiqlansa, bola

fenilalaninsiz parhezga o‘tkaziladi.

Davolash  jarayoni  muntazam

biokimyoviy nazorat ostida olib

boriladi.

Tug‘ma     gipoterioz — qalqon-

simon bezning agneziyasi,

ektopiyasi, autoimmun jarayon-

lar va disgormonogenez natijasi

bo‘lishi mumkin. Hamma shakllar

uchun bir xil skrining dastur

qo‘llaniladi, qon zardobida

tiroksin miqdori kamayishi, ti-

reoid stimullashtiruvchi gormon

(TSG) miqdori ortishi aniq-

lanadi. Chaqaloqlardan fenilke-

tonuriya singari, tug‘ilganidan

keyin 4-7 kunlar orasida tek-

shirish uchun qon olinadi. Ti-

roksin va TSG maxsus filtrlovchi

qog‘ozga olingan qon tomchisida

radioimmun yoki immunofer-

ment (immunoflyuoressent)

usullar yordamida aniqlanadi.

Skrining natijasi ijobiy chiq-

sa, maxsus laboratoriya analizlari

o‘tkazilishi va endokrinolog to-

monidan diagnoz tasdiqlanishi

kerak. O‘rnini to‘ldiruvchi davo-

lash diagnoz  tasdiqlanishini kut-

masdanoq boshlanadi. Davolash

yaxshi samara beradi. Agar da-

volash erta boshlansa, samarasi

yuqori bo‘ladi. Shuning uchun

ham skrining tekshirish juda kat-

ta  ahamiyatga ega.

3. Skrining markazining yana

bir yo‘nalishi, bu — tibbiy ge-

netik maslahat.

Tibbiy-genetik maslahat orqali

irsiy kasallik tashuvchisi deb gu-

mon qilingan homilador ayollarga

aniq tashxis qo‘yilib, kasallikning

qanday nasldan-naslga o‘tishi va

uning oilada yana paydo bo‘lish

xavfini aniqlash mumkin.

Agar shifokor-genetik oilada

irsiy kasallik mavjud, degan

xulosaga kelsa, keyingi farzand-

larda kasallikning uchrash

ehtimolini nazarda tutib, kerakli

maslahatni berish mumkin

bo‘ladi.


Irsiy kasalliklarning profi-

laktikasi bilan shug‘ullanish fa-

qat genetik-vrachlar, tibbiy ge-

netik maslahatxonalar xodim-

larining vazifasi bo‘libgina qol-

masdan, bu muhim muammoni

hal qilishda umumiy amaliyot

vrachlari, oilaviy vrachlar va ota-

onalar ham faol qatnashishlari

lozim.


Yuqoridagilarni inobatga olib,

skrining markazining yana bir

yo‘nalishi aholi o‘rtasida irsiy va

tug‘ma kasalliklar to‘g‘risida

tushuntirish ishlarini olib borish,

kasalliklarning kelib chiqish

sabablari, ularning oldini olish

chora-tadbirlari haqida ma’lumot

berishdir.

Madina SHARIPOVA,

Respublika skrining markazi

direktori

Yosh oilalar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Baxtiyor AKRAMOV suvratga tushirdi.

Perenatal — tug‘uruqqacha bo‘lgan

tekshiruv.

Populyatsiya — bitta mamlakatda

(tumanda, oilada) yashaydigan aholi.

Reagent — laborator tekshiruvi uchun

kerakli bo‘lgan modda.

Neonatal — chaqaloqlik davrida

o‘tkaziladigan tekshiruv.

Fenotipik — tashqi ko‘rinish belgilari.

Fenilketonuriya — nasldan-naslga

yashirin holda o‘tadigan irsiy kasallik.

Immunoferment — maxsus laborator

tekshirish usuli.

Ba’zi tibbiy atamalarga izohlar:

Fenilalanin — fenilketonuriya kasalligi

oqibatida tarkiban buzilishga uchraydigan

aminokislota.

Agneziya — a’zoning yo‘qligi.

Ektopiya — a’zoning me’yorda

bo‘lmagan joyda bo‘lishi.

Autoimmun — organizmning o‘z

to‘qimasiga qarshi tanachalar ishlab

chiqishi.

Disgormonogenez — gormonlar hosil

bo‘lishining buzilishi.

ILASIZ

B

YURAK  QO‘RI  ILA...



22

kulgu, hajv — tabiiy, yosh kitob-

xonni ishontira oladi. Binobarin,

bu usul  she’rning  shakl va maz-

mun jihatidan yanada mukammal-

ligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Shunday bir qahramon “Latif-

jonning loflari” she’rida ham

uchraydi. Latifjon tabiatan lof-

chiroq bo‘lsa-da, aslini olganda,

uning loflari odamlarning og‘irini

yengil qilishga yo‘naltirilganligi

bilan hayotbaxsh, ishonarli.

Chunki u ko‘zi xiralashib qolgan

sakson yoshli buvisi uchun ignaga

ip   o‘tkazuvchi uskuna o‘ylab

topmoqchi bo‘ladi, onasiga

guruchning kurmagi va toshini

ajratib beradigan maxsus magnit,

odamlar silliq, dum-dumaloq

tarvuzni ko‘tarishga qiynalmasin-

lar deb tarvuzning maxsus

tutqich-sopli turini kashf qil-

moqchi bo‘ladi. Ta’bir joiz bo‘lsa,

lof janrining zamonaviylash-

tirilgan shakli bo‘lgan ushbu she’r

qahramoni Latifjonning lofla-

rida, shoir qayd etganidek,

“ancha-muncha asos bor”,

ya’ni bu “kashfiyot”lar buvisi-

ning ignasiga  ip  o‘tkazaverish,

onasiga guruchning toshi va

kurmagini tozalab berish, bozor-

dan qiynalib tarvuz ko‘tarib

kelishdan bezor bo‘lgan bolaning

o‘z yukini yengillatish maqsa-

didagi o‘y-fikrlari sifatida yosh

kitobxonlar xayolot olamiga

hamohangdir.

Muallif  “Lof emas” va “Latif-

jonning loflari”dan boshlangan

ushbu yo‘nalishni yanada rivoj-

lantirib,  “qirq yolg‘on” tipidagi

uydirma, loflarga asoslangan

alohida turkum darajasiga ko‘ta-

radi. “Ovning gashti”, “Barchasi

yodimda”, “Poyga zavqi”, “Beshta

sanoch”, “Shirmon kulcha”,

“Yugan solib, egar urib” singari

she’rlardan tashkil topib,

“Uchqur tulpor” deb nomlangan

ushbu turkum, o‘z nomi bilan,

xayolotning bepoyon olamiga

sayohatlardan tashkil topgan.

Shoir aytmoqchi, “bizga azaliy

yo‘ldosh” bo‘lgan loflar yosh

kitobxonni ham xayolotning uchqur

tulpori yanglig‘ o‘z izidan ergash-

tiradi, tafakkurini kengaytiradi.

Ushbu turkum she’rlarning bosh

qahramoni Latifjonning uydirma-

lar bilan to‘lib-toshgan g‘ayrita-

biiy sarguzashtlari shu boisdan

ham teng-to‘shlarini ishtirokchiga,

she’rlarni esa ular qo‘lidan qo‘y-

may o‘qiydigan asarlarga aylantira

oladi.

Barchasi yodimda, esimda,

Hali tug‘ilmagan kezimda,

Bobomning yilqisin boqardim,

Xarsang toshga qoziq qoqardim  -

satrlari bilan boshlanadigan

“Barchasi yodimda” she’rida

Latifboy tug‘ilmagan  paytidanoq

bobosining yilqisini boqqanligi

xususidagi g‘ayritabiiy voqea

tasviridan boshlangan sarguzasht,

kitobxonni sehrlab qo‘yadigan

darajada g‘aroyib. U yo‘qolib

qolgan to‘riq baytalni bog‘dan,

tog‘dan, xullas, hamma yoqdan

qidiradi. Shu o‘rindagi ertakka

xos tasvir elementi diqqatga sazo-

vor: “U paytlarda oy ham yotmas

ekan, quyosh ham botmas ekan,

bulut bo‘lmasa ham do‘l yog‘ar

ekan, buvisi qisir echkini sog‘ar

ekan”.  Biroq:

Foyda bormi gapni cho‘zgandan,

Baytalimni topdim O‘zgandan.

Oyna ko‘lning shundoq yonida,

Juman uloqchining tomida,

Qulunlab yotibdi, qaranglar,

Toychoq meni tanib, alanglar.

Tomda qulunlagan to‘riq

baytalning toychog‘i ham onasi

ILASIZ

, bolalarning

xayolot olami tizginsiz,

ko‘klarda parvoz qiluvchi

bo‘ladi. Ular had-hudud bilmas

xayolot qanotida oyoq yetmas

o‘lkalarga sayohat qiladilar, g‘ayri-

tabiiy sarguzashtlarni boshdan

kechiradilar, inson zotining qo‘-

lidan kelmaydigan ishlarni amalga

oshiradilar.

Taniqli bolalar shoiri Tursun-

boy Adashboyevning “Lof emas”

she’ri qahramoni chumolini taqa-

lab, anhor yoqalab qamish o‘rish-

ga chiqadi. Aksiga olib, havo issiq,

dim, ishchi kuchi kam, bu ham

yetmagandek, chigirtkalar chiril-

layverib uning g‘ashiga tegadi,

ishdan qoldiradi. Shunda u sherigi

Hoshimga imlab, chigirtkalarning

to‘rttasini ushlab, ot qilib, qog‘oz-

dan qanot qilib, aravaga qo‘shadi...

Yosh bolaning chek-chegara

bilmas xayolot olami yaratgan

uydirmadan kelib chiqadigan

kulgu asosidagi bu tasvir usuli

xalq og‘zaki ijodidagi loflarga

hamda lof  va uydirmalar asosida

yaratilgan “Qirq yolg‘on”, “Uch

yolg‘ondan qirq yolg‘on” tipidagi

ertaklarga o‘xshab ketadi.

Aslida esa, bu - o‘yin. Chunki

she’r sarlavhasi “Lof emas”

deyilsa-da, aslida she’r to‘laligicha

lofdan iborat bo‘lib, u yosh

bolaning mohiyatan o‘yindan

iborat xayolot olamiga asoslanadi.

Shu sababli ham she’r mazmuni-

dan kelib chiqadigan beg‘ubor

B

YURAK  QO‘RI  ILA...



23

singari g‘ayritabiiy:  u umrida ko‘r-

magan Latifboyni tanib, alang-

laydi. Latifboy ularni tomdan olib

tushib, baytalga qulunni ortib, o‘zi

ham minib, “chuh”, deb qam-

chini tortsa, baytal ularni ko‘tarib

turolmabdi ham, yurolmabdi ham.

Voqea qancha g‘ayritabiiy

boshlansa, shunchalik g‘ayritabiiy

tugaydi:

So‘ngra, otni toyga o‘ngarib,

Egarini bog‘lab-to‘nkarib —

Qamchi ursam, qanoti borday,

Qulun chopib ketdi shunqorday.

Bolalar o‘yinlarida azaldan

mavjud bo‘lgan kattaga xos xusu-

siyatlarni kichkinaga, kuchliga xos

sifatlarni kuchsizga ataylab ko‘-

chirish usulini qo‘llash she’rning

o‘ziga xosligini ta’minlashga

xizmat qilgan, sujetga qiziqarlilik

va jonlilik baxsh etgan.

Shoirning xalq ertaklari va

loflari asosida yaratgan ushbu

she’rlaridagi xayolotning cheksiz-

chegarasizligi yosh kitobxon

taxayyulining bepoyonligiga asos-

langanligi bilan ham uni o‘z orqa-

sidan ergashtira oladi, beixtiyor

ushbu g‘ayritabiiy voqealarning

ishtirokchisiga aylantiradi. Ehtimol,

katta yoshli kitobxon bu voqealarni

uydirma deb hisoblar, yosh kitob-

xon esa, garchi, bu sarguzashtlar-

ning yolg‘onligini bilsa-da, unga

ishonadi, hatto uni o‘zi davom

ettiradi ham. Chunki yosh bolaning

o‘zi ham tabiatan lof-qofga, uydir-

maga o‘ch bo‘ladi, uning tizgin

bilmas xayolot olami shuni taqozo

qiladi.


Muallifning hazil she’rlari,

ayniqsa, xalq og‘zaki ijodida

alohida o‘rin tutadigan o‘ziga xos

badiiy tasvir vositasi hisoblanmish

mubolag‘aning samarali qo‘llani-

lishi nuqtai nazaridan e’tiborga

molik. Mubolag‘a yoki bo‘rttirish

esa o‘z mohiyati bilan bolalar

o‘yinlariga jon bag‘ishlaydigan,

o‘yin qahramonlariga bola xohishiga

mos xususiyatlarni baxsh eta

oladigan badiiy tasvir vositasidir.

O‘zbek xalq og‘zaki ijodidagi loflar

ham mubolag‘a asosida yaratilishini

ko‘zda tutadigan bo‘lsak, ushbu

hazil she’rlardagi o‘ta mubolag‘a

qiyos jarayonida yanada yorqinroq

namoyon bo‘ladi. Deylik, poyga

deganda, odatda, chopqir otlar

ishtirok etadigan musobaqa ko‘zda

tutiladi. Shunday ekan, Latifboy-

ning poygada barcha tulporlarni

orqada qoldirib, marraga birinchi

bo‘lib yetib kelgan burgasining

kattaligi qancha ekan?! Odatda

burganing kattaligi arpa donidan

ham kichik bo‘ladi. Demak,

Latifboy arpa berib boqqan, oq

qand berib ovutgan burganing

kattaligini tasavvur qilavering.

Ushbu she’rlarda qiyosning

nomuvofiqligidan kelib chiqa-

digan o‘ta mubolag‘a hajv, kulguni

keltirib chiqaradi.

Muallif ushbu hazil she’rlarida

ertak va loflarda alohida o‘rin

tutadigan giperbola (o‘ta   mubola-

g‘a, ifrot) san’atini qo‘llash

mahoratini namoyon qila olgan.

Binobarin, xalq og‘zaki poetik

ijodi an’analarini ijodiy  qo‘llash,

ayniqsa lof va uydirmalar asosida

yangi, yosh kitobxonni o‘ziga

sehrlab qo‘yadigan, orqasidan

ergashtirib ketadigan badiiy

asarlar yaratishga intilish  shoir

ijodida alohida o‘rin tutadi.

Darvoqe, shoir bir bag‘ish-

lovida shunday deydi:

Bolajonlar, dil rubobin

Sizlar uchun sozlaganman.

Qudrat Hikmat aytgandayin,

“Har maqomda” yozmaganman.

Yengil mavzu ilinjida,

So‘z gavharin qazmaganman.

Qalamdayin taroshlanib,

Behudaga ozmaganman.

Yelga uchib ketgani yo‘q

Jonni fido aylaganim,

Qirq yilkim, o‘shal sozga

Yurak qo‘rim joylaganim.

Shoirning yurak qo‘ri ila tob-

langan ijodi bolalarga zavq-shavq

baxsh etaversin.

Rahmatulla BARAKAYEV,

Baxshullo ASHUROV,

filologiya fanlari nomzodlari

* * *


Yosh zehn — qaynar.

* * *


Yosh yigitning ko‘zi bilan

qiz olma.

* * *

Yoshlar — xizmatda,

Qarilar — izzatda.

* * *


Yoshligingda odatlansang,

Qariganda ko‘nikasan.

Qariganda odatlansang,

Ko‘nikkuncha ko‘milasan.

* * *

Yoshlik vaqtim — oltin taxtim.

* * *

Yoshlikda bilgani —

toshga yozgani,

Qarilikda bilgani —

muzga yozgani.

* * *


Yoshlikdan odob saqla,

Ona sutini oqla.

* * *

Yoqut bilan vaqt topilmas,

Vaqt bilan yoqut topilar.

* * *


Yog‘och kessang, uzun kes,

 kessa bo‘lur,

Temir kessang, qisqa kes,

 cho‘zsa bo‘lur.

* * *

Javdar joyiga tushsa,

 bug‘doy bo‘lar,

Bug‘doy joyiga tushmasa,

 javdar bo‘lar.

* * *


Jasurni — jangda,

Donishmandni —

 g‘azablanganda,

Do‘stni muhtojlikda sina.

* * *

Jahling emas, fahming

tez bo‘lsin.

AQL  CHIROG‘I

O‘zbek xalq maqollari

MOBIL  TELEFONLARDAN

TO‘G‘RI  FOYDALANAYLIK

OBIL

M


24

MOBIL  TELEFONLARDAN

TO‘G‘RI  FOYDALANAYLIK

lum. Amaliyotda esa nurlarga qarshi

himoyasiz ishlagan insonlar og‘ir

jarohat olganlari borasida ma’-

lumotlar bor.

Komputer va mobil tele-

fonlarning elektromagnit may-

doni yoki nurlar ta’siri tajribada

o‘rganilganda, jonivorlarning

deyarli barcha a’zolariga ziyoni

mavjudligi aniqlangan. Elektro-

magnit nurlari birinchi galda asab,

endokrin va qon tizimlariga zarar

qilishi isbotlangan. Chunki hay-

vonlar va odam organizmi hujay-

ralardan tashkil topgan. Tirik hu-

jayralarda tinimsiz ravishda bio-

ximik va biofizik jarayonlar davom

etadi. To‘qimalardagi modda al-

mashinuvlari hamda a’zolarning

faoliyati ushbu jarayonlarga bog‘liq.

Elektromagnit nurlari esa ushbu

jarayonlarga salbiy ta’sir etib,

faoliyatning buzilishiga sababchi

bo‘ladi. Oqibatda elektromagnit

maydoni ta’siri odamlarda bosh

og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlik,

tez charchash, asab buzilishi,

uyqusizlik, ko‘p shamollash,

ba’zida yurak og‘rig‘i, yurak urishi

yoki siqilishini keltirib chiqarishi

mumkin.


Shu bois kuchli elektromag-

nit maydoni bo‘lgan korxona-

larda, teleradiostansiyalarda,

mashinasozlik va metallurgiya,

geologiya sohalarida hamda sog‘-

liqni saqlash tizimida ishlati-

ladigan nurlardan himoya chora-

tadbirlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Biroq, elektromagnit maydoni

kam intensiv bo‘lgan sharoitlarda

bu ishlar yechimini to‘la top-

magan. Bunga mobil telefonlardan

foydalanish sharoitini misol qilib

keltirish mumkin.

OBIL

 telefondan foyda-

lanish qoidalari nimalar-

dan iborat?  Shu mavzuda

so‘z yuritar ekanmiz, aytish

kerakki, XX asrning oxirida fan va

texnika rivojlanishi natijasida inson

hayotiga komputer, mikro-

to‘lqinli pech, yangi turdagi

televizorlar hamda bugungi kunda

yaxshi dastyor bo‘lgan mobil tele-

fonlar kirib keldi va hayotimizni

qulaylashtirdi. Bilamizki, bu

vositalar ishini birlashtiradigan

omil radioto‘lqinlar va elektro-

magnit maydoni hosil bo‘lishidir.

Chunki mazkur vositalarning ishi

asosini to‘lqinlar generatsiyasidan

foydalanish tashkil etadi.

Bizni o‘rab turgan tashqi

muhitda radioto‘lqinlar, infraqizil

nurlar, ultrabinafsha nurlari,

rentgen nurlari va gamma nurlar

uchraydi, bu nurlarning uzunligi

bir necha ming metrdan milli-

metrning qismigacha bo‘lishi

mumkin va to‘lqinlar turli chasto-

ta bilan ajralib turadi.

Darvoqe, ma’lumki, butun

olamdagi jamiki tirik mavjudot-

ning ko‘rish va eshitish xususiyati

havodagi to‘lqinlar yordamida

amalga oshadi.

Jumladan, inson 400-780 nm.

o‘rta diapazon uzunligidagi nurlar

yordamida ko‘rish xususiyatiga ega

bo‘ladi.

Buyuk olima M.Kyuri va

boshqalar rentgen va radiofaol qisqa

nurlarning odam organizmiga salbiy

ta’siri borligini o‘tgan asrning boshi-

dayoq ko‘rsatib o‘tganlar. Nisbatan

uzun bo‘lgan radioto‘lqinlar ta’siri

organizmga rentgen nurlari kabi juda

xavfli bo‘lmasa-da, baribir sog‘likka

zarar keltirishi mumkinligi ma’-



Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


barometr-aneroid.html

baron-ferdinand-von.html

barone-borrelli-bozzi-14.html

barone-borrelli-bozzi-2.html

barone-borrelli-bozzi-7.html