1 2 3 4 5

Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun

bet1/5
Sana05.11.2017
Hajmi373.01 Kb.

Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2014

1

 

Barkamol avlod –

Vatanning baxti

SOG‘LOM 

AVLOD UCHUN

Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, 

bezakli oylik jurnal 7 (219)-son, 2014-yil, iyul

«Sog‘lom avlod uchun» jurnali 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 

Mahkamasining 1995-yil 13-aprel 

127-sonli qaroriga asosan 

«Maktabgacha tarbiya» jurnali 

negizida tashkil etilgan. 1996-yil 

yanvardan chiqa boshlagan.

MUASSISLAR:

O‘zbekiston Respublikasi 

Xalq ta’limi vazirligi,

«Sog‘lom avlod uchun» 

xalqaro xayriya fondi

JAMOATCHILIK 

KENGASHI:

Svetlana INOMOVA

Tatyana KARIMOVA

Ulug‘bek INOYATOV

Abdulla ORIPOV

Gulnora YO‘LDOSHEVA

BOSH MUHARRIR:

Muftillo YUSUPOV

TAHRIR HAY’ATI:

Hidoyat OLIMOVA

(mas’ul kotib) 

Shomirza TURDIMOV

Sabohat MIRDJALILOVA

Malohat A’ZAMOVA

Manzilimiz: 100000. Toshkent shahri,

Buyuk Turon ko‘chasi, 41.

Telefon 233-18-92 (faks), 233-31-53.

E-mail: jlsaumt@mail.ru

www.jlsau.uz

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi 

tomonidan 2007-yil 3-yanvarda 0102- 

tartib raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Jurnal maketi tahririyatning matbaa 

bo‘limida tayyorlandi.

Bosilayotgan materiallardagi ma’lumotlar, dalil 

va raqamlarning to‘g‘riligi uchun mualliflar 

javobgardirlar. Tahririyat nuqtayi nazariga mos 

kelmagan maqolalar tahlil etilmaydi va egalariga 

qaytarilmaydi.

Navbatchi muharrir: Tillaniso ESHBOYEVA 

Musahhih: Ozoda Isakulova

Jurnalda M.Amin, M.Nurinboyev, 

B.Rizoqulov olgan suvratlardan foydalanildi.

Bosmaxonaga 2014-yil 31-iyul kuni  

topshirildi. Ofset usulida chop etildi.  

Qog‘oz bichimi A-4. 

Qog‘oz hajmi 4,0 bosma taboq.  

Nashriyot hisobida 3,8 bosma taboq.  

Adadi 5710 nusxa. 1027-buyurtma.

"SANO-STANDART" MCHJda chop etildi. 

100069, Toshkent, Shiroq ko‘chasi, 100-uy.

USHBU SONDA:

USHBU SONDA:

DAVLAT TALABLARI AMALDA

Sport – kelajakka ishonch, mustahkam sog‘liq .........................2

SOG‘LOM OILA

Yosh oilalarda ijtimoiy moslashuv muammolari ........................4

TA’LIM ISTIQBOLLARI

O‘ziga xoslik – shaxs rivojimi? ................................................6

ILM-FAN UFQLARI

Ta’limda zamonaviy texnologiyalar ..........................................9

SHAXS KAMOLOTI

Internet – imkoniyatlar kaliti .................................................11

DOLZARB MUAMMO

Suv va inson salomatligi .........................................................14

VATANNOMA

Yurt mehri – g‘alaba garovi ...................................................15

OQ YOMG‘IR

“Ayla basirat ko‘zi birla nazar...” ..........................................17

MA’NAVIY OLAM

Vorisiylik an’analari va jamiyat .............................................20

IBN SINO DARSXONASI

Xatarli gelmintlar ................................................................... 22

TARBIYA TADQIQOTLARI

Moslashuvning psixologik xususiyatlari ...................................23

IZLANGANGA IMKON KENG

Kitobga muhabbat – ilmga sadoqat ........................................25

RUHIYAT MANZILI

Yozuv – ko‘ngil oynasi ...........................................................27

XIZR SUVI

Qoracha Jef ...........................................................................28

FAN VA ZAKOVAT

Sutemizuvchilar ......................................................................30

BIRINCHI BET:

“Yilning eng faol yosh 

tarbiyachisi” tanlovining 

Respublika bosqichida 

“Eng zukko tarbiyachi” 

nominatsiyasi g‘olibi 

Nafisa Mirzayeva

TO‘RTINCHI BET:

Katta sportga qiziqish 

bolalikdan boshlanadi



Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2014

2

Respublikamiz istiqlolga erishgan dastlabki 

yillardan mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh 

qilish, uni zamon talablari darajasida tashkil 

etishga katta e’tibor bilan qaralmoqda. O‘zbe-

kiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi 

Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, 

shuningdek, bir qator hujjatlarning izchillik 

bilan ijro etilishi natijasida yurtimiz ta’lim ti-

zimining bugungi qiyofasi dunyo hamjamiya-

tining e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. 

Bu jarayonda sportga oid qator me’yoriy-

huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi, xusu-

san, O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish 

jamg‘armasining tashkil etilishi yurtimizda bo-

lalar sportini rivojlantirishga keng yo‘l ochib, 

yoshlarning jismoniy va ma’naviy barkamol-

likka erishuvida muhim vosita bo‘lib xizmat 

qilmoqda. 

Hozirda shahar-u qishloqlarimizda bunyod 

etilgan zamonaviy sport maktablari hamda 

majmualari bolalarning sport bilan muntazam 

shug‘ullanib, o‘z salomatliklarini mustahkam-

lashiga xizmat qilmoqda. Bugun respublika-

mizda ikki millionga yaqin bola sportning 30 

dan ziyod turi bilan shug‘ullanmoqda.

2014-yilning “Sog‘lom bola yili” deya e’lon 

qilinishi sport sohasida amalga oshirib kelina-

yotgan islohotlar mazmunini yanada boyitish-

dagi samarali omillardan bo‘lmoqda, desak 

xato bo‘lmaydi. 

Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan 

uch bosqichli sport tizimi – “Umid nihollari”, 

“Barkamol avlod” va “Universiada” sport 

musobaqalari minglab yoshlarimiz uchun 

yuksak marralarni egallashda o‘ziga xos par-

voz maydoniga aylandi. Sport o‘yinlari o‘tka-

ziladigan hududlarda yangidan qurilgan, re-

konstruksiya va ta’mirlash ishlari olib borilgan 

sport inshootlari, stadionlar, suzish havzalari 

ko‘plab sport turlarining ommalashishiga olib 

kelmoqda. Pirovardida, yoshlarimiz jahon 

sport maydonlarida katta yutuqlarga erish-

moqda.


Bolalar va o‘smirlarning bo‘sh vaqtlarini 

mazmunli o‘tkazish, yakka tartibdagi ehtiyoj-

larini qondirish uchun O‘zbekiston Respubli-

kasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 17-mod-

dasida davlat organlari, jamoat birlashmalari, 

shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy 

shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, 

sport yo‘nalishlarida maktabdan tashqari 

ta’lim muassasalarini tashkil etishlari mum-

kinligi belgilab qo‘yilgan. 

Maktabdan tashqari ta’lim maskanlari sifa-

tida bolalar, o‘smirlar ijodiyoti markazlari, 

klublari, to‘garaklar, sport, san’at hamda 

musiqa maktablari, sog‘lomlashtirish muassa-

salarini misol qilib aytish mumkin.

Bular orasida bolalar va o‘smirlar sport 

maktablari ham yosh avlodni jismonan sog‘-

lom, aqlan yetuk, ma’nan barkamol etib tarbi-

yalashdek mas’uliyatli vazifani bajarib kel-

moqda. Ushbu dargohlarda bolalar va o‘smir-

lar malakali murabbiylar boshchiligida o‘zlari 

qiziqqan sport turi bilan muntazam shug‘ulla-

nib, turli sport bayramlari, sport musobaqala-

ri hamda nufuzli turnirlarda faol ishtirok etish 

orqali ulkan natijalarni qo‘lga kiritmoqda. 

Barchamizga ma’lumki, hozir yozgi dam 

olish mavsumining ayni qizg‘in pallasi. Mav-

sumda o‘quvchi yoshlar statsionar hamda 

kunduzgi oromgohlarda dam oladilar.    

Statsionar oromgohlar  – statsionar baza 

asosida qurilgan yoki vaqtinchalik ijaraga 

olingan joylarda tashkil etilib, unda bolalar 

mavsum davomida hordiq chiqaradilar. Maz-

kur oromgohlar statsionar oromgohlar joyla-

shuvi, ta’minoti va kun tartibini tashkillashti-

rishning sanitariya qoidalariga muvofiq faoli-

yat olib boradi.

Yozgi va kuzgi oromgohlar esa umumta’lim 

maktablari, akademik litsey va kasb-hunar 

KELAJAKKA ISHONCH, 

MUSTAHKAM SOG‘LIQ

Davlat talablari amalda

SPORT 




Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2014

3

kollejlari, sport, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, 

sanatoriy-kurort muassasalari, klublar qoshi-

da vaqtinchalik tuzilib, unda bolalar faqatgina 

kunduz kuni dam oladilar va sog‘lomlashti-

ruvchi mashqlarni bajaradilar. 

Har ikkala turdagi oromgohlarda asosiy 

vazifa bolalarning ko‘ngilli, xavfsiz dam 

olishlarini tashkillashtirish bo‘lib, bu boradagi 

tadbirlar tarkibida sport va sog‘lomlashtirish 

ishlari ham salmoqli o‘rin egallaydi. Dam 

oluvchilarning vaqtlarini mazmunli tashkil 

etishga madaniy-ma’rifiy dam olish dasturla-

ridan tashqari, sport soatlari ham birdek ijobiy 

ta’sir etadi va ularda jo‘shqinlik, harakatchan-

lik, o‘zaro ahillik kabi fazilatlarni qaror topti-

radi. 

Demak, bolalar bilan sport mashg‘ulotlarini 

olib borish uchun oromgohlarda oldindan za-

rur shart-sharoitlar, yetarli muhit yaratish za-

rur. Jumladan: 

– sport maydonlari va zallarini, shuning-

dek, sport bilan shug‘ullanishga mo‘ljallangan 

texnik moslamalarni harakatlanish uchun qu-

lay va xavfsiz holatga keltirish; 

– oromgohlarning cho‘milish havzalarida 

olib boriladigan suzish mashqlarini xavfsizlik 

qoidalariga muvofiq holda tashkil qilish; 

– suvda cho‘kish hodisasining oldini olish 

maqsadida, suzuvchilarni maxsus qutqaruv 

jeletlari, moslamalar bilan ta’minlash, qutqa-

ruvchilar guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yish; 

–  birinchi tibbiy yordam faoliyatini tashkil-

lashtirish va uni zarur dori-darmon vositalari 

bilan ta’minlash; 

– jismoniy mashqlarni amal-

ga oshirishda bolalarning yo-

shi hamda jismoniy holatini 

inobatga olish;

– jismoniy mashqlar va 

sport mashg‘ulotlari oldidan 

bolalarni tibbiy nazoratdan 

o‘tkazish, shu bilan birga, 

harakat xavfsizligi bo‘yicha 

yo‘riqnoma va tavsiyalar be-

rish kabi jihatlar asosiy vazi-

falardan sanaladi. 

Bu kabi tadbirlar, albatta, 

tegishli vazirlik, idora va 

muassasalar tomonidan bi-

riktirilgan mas’ul xodimlar, 

jamoalar hamkorligida amal ga 

oshiriladi. Oromgohlarda o‘tkaziladigan sport 

musobaqalaridan tashqari, O‘zbekiston Res-

publikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizi-

mi qutqaruvchilari hamkorligida tashkil qili-

nadigan “Fuqaro muhofazasi kunlari”, “Yosh 

qutqaruvchilar” kabi tezkor amaliy harakatlar-

ga asoslangan bellashuvlar ham o‘quv chilarni 

har tomonlama sog‘lom etib voyaga yetkazish 

bilan bir qatorda, eng muhim omil – turli 

favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri 

choralardan foydalanish ko‘nikmasini shakl-

lantiradi. Zero, favqulodda vaziyatlardan 

omon chiqishning yagona yo‘li – o‘zini yo‘-

qotmaslik, ruhiy jihatdan o‘zini tuta bilish va 

ongli harakat qilishdir.

Oromgohlarda sport o‘yinlaridan tashqari, 

o‘quvchilarni guruhlarga va jamoalarga bo‘l-

gan holda xalq amaliy o‘yinlari mash g‘u lot-

larini o‘tkazish ularda jismoniy sifatlarni ka-

mol toptirish bilan bir qatorda, xalqimizning 

bebaho ma’naviy qadriyatlariga chuqur hur-

mat-ehtirom tuyg‘ularini shakllantirib, yosh-

larning bunyodkor va oliyjanob g‘oyalar aso-

sida jipslashuviga zamin yaratadi. 

Ushbu jarayonlarda oromgoh rahbari va 

mas’ul xodimlardan tortib, oddiy tarbiyachi-

yu murabbiylarning ham faol ishtirok etishi, 

tadbirlarga ota-onalarni ham qizg‘in jalb etish 

kutilgan natijalarni beradi. 

Ishtirokchilar orasidan “Eng yaxshi sport-

chi”, “Eng faol ishtirokchi”, “Eng yaxshi 

qutqaruvchi”, “Eng yaxshi suzuvchi”, “Qoi-

Davlat talablari amalda



Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2014

4

Oilaviy munosabatlarni tadqiq etgan ko‘p-

chilik psixologlar oila rivojining boshlang‘ich 

davri ahamiyatiga urg‘u beradilar. Ular oila 

rivojining dastlabki davri sifatida ikki yil davo-

mida birgalikda kechgan turmushni ko‘rsati-

shadi. Yosh oila muammolarini chuqurroq tu-

shunish uchun undagi munosabatlarning bi-

rinchi farzand tug‘ilishidan oldingi va keyingi 

holatini ko‘rib chiqish darkordir. Chunki far-

zandning paydo bo‘lishi bu munosabatlarni – 

oilaning qancha vaqtdan buyon mavjud bo‘-

lishiga qaramasdan, yangi bosqichga olib chi-

qadi. 


Oilaviy munosabatlarni tadqiq etgan O. Dob-

rininaning ta’kidlashicha, oilaviy hayotdagi 

eng tig‘iz davr “eng yosh oilalar” (0-4 yil) va 

“yetuk oilalar” (20 yildan ortiq) guruhiga ki-

ruvchi er-xotinlar orasida kuzatiladi. Yosh oi-

lalarda bo‘lg‘usi oilaviy munosabatlar modeli – 

hokimiyat va majburiyatlarning taqsimlanishi, 

er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning 

o‘rnatilishi, ularning har ikkisini qoniqtiradi-

gan yechimni izlash, umumiy oilaviy qadri-

yatlarning paydo bo‘lishi shakllanadi. Yosh 

er-xotinlarda psixologik va maishiy mos lashuv 

bilan bog‘liq muammolar lider bo‘lishga inti-

lish, uy-ro‘zg‘or vazifalarini taqsimlash kabi-

larni hal qilish masalasini qamrab oladi. Yosh 

oilalarda tan olinish va o‘zaro bir-birini tushu-

nishga bo‘l gan ehtiyoj kuchli bo‘lishi, biroq 

psixologik qo‘llab-quvvatlashga e’tibor yetuk 

oilalarga qaraganda sust bo‘lishi kuzatilgan. 

Turmushning birinchi yilida juftini ideal-

lashtirib, unga yuqori baho berish oilaviy 

munosabatlarga salbiy ta’sir etishi mumkin. 

Sherigini ideallashtirish nikohdan oldingi 

munosabatlardagi bir-birining kamchiligini 

bilmaslik natijasidir. M. Abalakinaning ta’kid-

lashicha, juftini ideallashtirish muammosiga 

uch nuqtayi nazardan qarash mumkin:

1. Ideallashtirish asossiz ravishda jufti va u 

bilan munosabatlarga nisbatan bo‘ladigan 

kutishlar darajasini oshiradi. Hayotdagi jufti-

ning ideal obrazga mos kelmasligini anglash 

destruktiv rol o‘ynaydi, juftidan, o‘zidan va 

umuman, munosabatlardan chuqur qoniq-

maslik hissini keltirib chiqaradi. Kelajakda 

bularning barchasi, endilikda ancha real va 

yangi bo‘lib ko‘rinayotgan juftini qabul qila 

olmaslik yoki qabul qilishni xohlamaslik nati-

jasida oilaning buzilib ketishiga olib keladi. 

2. Nikoholdi munosabatlarida ideallashti-

rishning roli haqidagi keyingi nuqtayi nazarni 

konstruktiv deb atash mumkin. Bunga ko‘ra, 

YOSH OILALARDA 

 

IJTIMOIY MOSLASHUV MUAMMOLARI

Sog‘lom oila

dalarni mukammal bajaruvchi” nominatsiya-

lar g‘oliblarini aniqlash, ularni rag‘batlantirish 

bolalarning ko‘n gilli dam olishlarini ta’min-

lash ishlarining samaradorligini oshiradi. 

Darhaqiqat, Yurtboshimiz ta’kidlaganlari-

dek, “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bi-

limli, dono va albatta, baxtli bo‘lishlari shart”. 

Buning uchun esa yurtimizda yaratilayotgan 

sharoit va imkoniyatlardan oqilona foydala-

nishimiz, xususan, bolalar sportini rivojlanti-

rish orqali yoshlarimizni har tomonlama sog‘-

lom va barkamol etib tarbiyalashda zimma-

mizga yuklatilgan vazifalarni yuqori javob-

garlik hissi bilan ado etishimiz lozim. 

Zero, barkamol avlod tarbiyasi – barcha-

mizning muqaddas burchimizdir. 

Erkin ISKANDAROV,

Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari, Bolalar sportini 

rivojlantirish jamg‘armasining ijrochi direktori. 

Abduqayum ABDUllAYEV, 

 Nizomiy nomidagi TDPU “Jismoniy tarbiya 

metodikasi  va bolalar sporti” kafedrasi  

o‘qituvchisi.



Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2014

5

juftini ideallashtirish uning shaxsi rivojlanishi 

uchun stimul bo‘lib xizmat qiladi. 

3. Uchinchi nuqtayi nazar A. Maslouning 

ilmiy xulosalarida aniq ifodalangan. Uning 

fikricha, o‘zini aktuallashtirgan shaxslarda, 

ya’ni rivojlanishning eng yuqori cho‘qqisiga 

erishganlarda tabiiylik yorqin ifodalangan bo‘-

ladi. O‘zini aktuallashtirgan odamlar uchun 

ideallashtirish, umuman xos emas. 

Nikohning boshlang‘ich davri oilaviy ha-

yotdagi moslashuv va integratsiya bilan tav-

siflanadi. I. Grebennikov ta’biri bilan aytgan-

da, adaptatsiya — bu er-xotinning bir-biriga 

va oiladagi sharoitga moslashishidir.

Er-xotin o‘zaro moslashuvining psixologik 

mohiyati ularning bir-biriga o‘xshab qolishi 

va tuyg‘ulari, xulq-atvori, fikrlarining bir joy-

dan chiqishidadir. Adaptatsiya oilaviy hayot-

ning barcha tarmoqlarida amalga oshadi. 

Moddiy-maishiy moslashuv er-xotinning 

uy ishlarini bajarishda, ularning ikkisini ham 

qoniqtiradigan oilaviy budjetni rejalashtirish 

modelini shakllantirishda huquq va majburi-

yatlarini kelishib olishlari bilan belgilanadi. 

Axloqiy-psixologik moslashuv – er-xotin dun-

yoqarashi, ideallari, qiziqishlari, qadriyatlar 

borasidagi qarashlari, shuningdek, ularning 

shaxs va xarakter xususiyatlarining mosla-

shishi. 


Shaxsiy-intim moslashuv – er-xotinlik mos-

lashuviga erishishi. Bu moslik jismoniy muno-

sabatlardan axloqiy-funksional qoniqish ni na-

zarda tutadi. 

Ayrim tadqiqotchilar oilaviy hayotning bi-

rinchi ikki davri: eng yosh oila va nisbatan 

yosh oila davriga mos ravishda birlamchi va 

ikkilamchi adaptatsiyani ajratib ko‘rsatadilar. 

Er-xotinning birlamchi adaptatsiyasi bir-bi-

riga mosligining asosiy ikki ko‘rinishi: rolli va 

shaxslararo munosabatlarda amalga oshadi. 

Rolli munosabatlar uchun baza sifatida tur-

mush qurishning maqsadlari haqidagi tasav-

vurlar xizmat qiladi. Bu maqsadlarda er-xo-

tinning motivatsiyasi namoyon bo‘ladi. Tur-

mush qurishning umumiy motivatsiyasi o‘z 

ichiga to‘rtta asosiy motivni birlashtiradi: 

maishiy-xo‘jalik, axloqiy-psixologik, ota-ona-

lik va shaxsiy-intim motivatsiyalar. 

Maishiy-xo‘jalik motivatsiyasiga oriyentat-

siyalangan yoshlar oila qurganda eng asosiysi 

yaxshi yo‘lga qo‘yilgan kundalik turmush va 

uy yuritish deb hisoblaydilar; axloqiy-psixolo-

gik motivatsiya asosida turmush qurganlar 

esa, odatda, oilaviy hayotda ularni tushunadi-

gan do‘st va umr yo‘ldoshni birinchi o‘ringa 

qo‘yadilar; ota-onalik motivatsiyasi ustunlik 

qiluvchilar esa oilaning asosiy vazifasi deb 

bolalarni dunyoga keltirish va tarbiyalashni 

tushunadilar; shaxsiy-intim motivatsiya bilan 

turmush qurganlar esa o‘zlari xohlagan va 

sevgan umr yo‘ldosh bilan yashashni muhim 

deb biladilar. 

O‘z-o‘zidan kelib chiqadiki, yosh kelin-ku-

yovning bu tasavvurlari bir-birlarinikiga qara-

ma-qarshi bo‘lmasligi yoki birining oilaviy 

rolidagi xatti-harakati ikkinchisining tasav-

vurlariga zid kelmasligi lozim. Amir Temur 

o‘gitlarida ham er-xotin to‘rt narsada teng 

bo‘lishi haqida aytgan. Bular: nasl-nasab, 

boylik, husn va din. Bunday tenglikka asos-

langan oilada bir-birini tushunish, bir-biriga 

moslashish oson kechadi. Ularni har xil mu-

ammolar ortiqcha qiynamaydi.

Dilbar ABDUllAYEVA,

 TDPU katta o‘qituvchisi.

Sog‘lom oila



Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2014

6

Q

adriyat ota-bobolar o‘giti, vasiyati 

va saboqlari orqali avloddan avlod-

ga o‘tadigan meros. Bu merosni 

qadrlash tuyg‘usini yoshlarda shakllantirish 

juda muhimdir. Ayni payt da uni avaylab-as-

rash har birimizning burchimizdir. 

Milliy va umuminsoniy qadriyatlar shaxs 

shakllanishiga, shuningdek, jamiyatda za-

monaviy ta’lim sifatiga, mamlakatning ijti-

moiy-iqtisodiy rivojlanishiga ham katta ta’sir 

ko‘r satadi. 

Shu bois mustaqillik yillarida mamlakati-

mizda qadriyatlarga alohida e’tibor qaratildi. 

Iqtisod va ijtimoiy sohadagi, jamiyatning 

ma’naviy-axloqiy yangilanishidagi yutuqlar 

tufayli yangi ma’naviy va axloqiy qadriyatlar 

dunyoga keldi.

Jamiyat o‘z rivojining har bir bosqichida 

ta’lim oldiga aniq maqsadlarni qo‘yadi va 

ma’lum bir vazifalarni yuklaydi. Shunga 

muvofiq ta’lim jarayonini tashkil etish va 

uning mazmuniga, ta’limdagi yakuniy natija-

ga nisbatan talablar qo‘yilgan. Boshqacha 

aytganda, davlat va jamiyat ta’limga nisbatan 

ma’lum bir siyosatni olib borib, jamiyatda 

ishlab chiqilgan qadriyatlarga muvofiq yosh 

avlodni shakllantiradi.

Ta’lim ijtimoiy faoliyat sohasi sifatida bu-

gungi kunda jamiyatdagi, umuman, jahon 

tamadduni qadriyatlarini o‘zlashtirish orqali 

shaxs rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish-

ga qaratilgan jarayondir. Shuning uchun ta’-

lim va bilish faoliyati tarbiya va o‘z-o‘zini 

tarbiyalash, rivojlanish, ijtimoiylashtirish 

uy g‘unlashuviga aylanib bormoqda.

Ta’lim tizimiga, xususan, Kadrlar tayyor-

lash davlat dasturi asosiga ham qadriyatlarni 

shakllantirish maqsadi singdirilgan. Ta’lim 

maq sadi – har bir shaxs, jamiyatni rivojlanti-

rish va global miqyosda moddiy, madaniy, 

ma’naviy qadriyatlarni saqlash hamda ri voj-

lantirish 

dir. Ijtimoiy-siyosiy hayotda ong 

li 

ishtirok eta oladigan, mamlakat, oila taqdiri-

ga mas’ul shaxsni shakllantirish, ijtimoiy ja-

rayonlarga faol ta’sir ko‘rsatish asosiy ustu-

vor tomonlaridir.

Ta’limda va mustaqil o‘rganishda malaka 

oshiriladi, bilim orttiriladi. Tarbiyalashda umum-

 e’tirof etilgan qadriyatlar qabul qilinadi va 

ishlab chiqiladi.

Keng ma’noda tarbiya maxsus tashkil qi-

lingan, shaxsni rivojlantirish uchun avloddan 

avlodga ijtimoiy qadriyatlar tajribasini yetka-

zish jarayonidir. Tor ma’noda esa, tarbiya 

katta yoshdagilarning bolalarni jamiyat ha-

yotining aniq bir vaziyatiga kiritish, uning 

rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni shakl-

lantirish bo‘yicha qo‘shma faoliyatdir.

Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida 

ras 

miy jamoatchilik ongi individuallikning 

ko‘ 

rinishlariga nisbatan inson huquqlarini 

tan olmagan. O‘ziga xoslik bir tomonlama – 

o‘z-o‘zini o‘ylash, xudbinlik deb tushunil-

gan. Bu o‘sha davr tuzumiga qulay va ma’qul 

edi. Ushbu sharoitdan kelib chiqib ta’lim ja-

rayoni “o‘rtacha o‘quvchi”ga va bir xildagi 

o‘quv rejalari hamda dasturiga mo‘ljallanib 

qurilgan. Hozirgi sharoitda jamiyat a’zolari-

ning “har xilligi” tushunchasi va insonning 

o‘ziga xosligini ijtimoiy qadriyat sifatida qa-

bul qilish shakllandi. 

Ta’limda o‘ziga xoslikni hisobga olish har 

bir shaxsning yuqori rivojlanish imkoniyatla-

rini ochish, psixologik o‘ziga xosligining be-

takror va bebaholigini tan olishdan kelib 

chiqqan holda rivojlanish shart-sharoitlarini 

yaratishni bildiradi. Ta’limga individual yon-

dashuv bir odamni boshqalari bilan emas, 

bitta va aynan o‘sha shaxsni uning o‘z hayot 

yo‘lidagi turli bosqichlarda qiyoslashni talab 

qiladi. O‘ziga xoslikni namoyon etish va 

uning rivojlanishi uchun oqilona shart-sha-

roit yaratish – ta’limning muhim vazifalari-

dan biridir.

O‘ZIGA XOSLIK – SHAXS RIVOJIMI?




Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


barnes-foundation-69.html

barnes-foundation-73.html

barnes-foundation-78.html

barnes-foundation-82.html

barnes-foundation-87.html